Kegel mashqi birinchi bo’lib ayollar uchun o’ylab topilgan erkaklar bu mashqdan foydalansalar, siyish yo’lini yaxshilaydi. Erta bo’shanishni boshqarish imkonini beradi.
Birinchi galda siz dumg’aza mushaklarini o’zingizda topib olishingiz kerak bo’ladi. Dumg’aza mushaklarini topish unchalik qiyin emas. Buning uchun siyib turgan vaqtda birdaniga siydikni to’xtating va sizdagi qisilgan mushaklar o’sha dumg’aza mushaklar hisoblanadi.
Bu mushakni qanday mashq qildirish mumkun? Siydik to’xtatganga o’xshab dumg’aza mushaklarni siqasiz 5-10 soniya ushlab turib qo’yib yuborasiz. Bu mash kuniga 3 maxal 5-10 martadan qilinsa yetarli hisoblanadi. Bu mashiqni ozginadan qilgan to’g`ri bo’ladi. Siz sportzalga kirib birdaniga 400kg tosh ko’tarmaganingiz kabi bu mashqni 5-10 martadan boshlash to’g’ri bo’ladi.